Siklonli changyutgichlar maxsus tuzilishga ega. Changto’plagich ichida yig’iladigan chang aylanma harakat qilgani sababli, changto’plagich to’la bo’lgan hollarda ham chanyutgichning quvvati pasaymaydi. Siklonli chanyutgichlarning ushbu xususiyati tufayli, ularning motorlari uzoq yillar davomida xizmat qiladi. Qulay, yig’ma changyutgich trubkasini bo’yingizga moslab to’g’irlsh hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Artel changyutgichlari bilan uy yig’ishtirishda egilish shart emas. Trubkani o’zingizga moslab sozlasangiz bas. Artel changyutgichlari yordamida har qanday joyni tozalash mumkin, ularni ishlatish esa hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Changyutgichning maxsus oldi g’ildirakchasi uni har tomonga boshqarish, changyutgich shlangi esa uni 360 darajaga burish imkonini beradi.